26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Sanoat
11 Yanvar  2020 2253

Yangi korxona yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi

O‘zbekiston  Respublikasi Energetika vazirligi va “Uzbekistan Hudrogen Peroxide” kompaniyasi yurtimizda vodorod perekisi ishlab chiqaradigan zavodga ta’mal toshi qo‘ydilar.

“Uzbekistan Hudrogen Peroxide” MChJ qo‘shma korxonasi gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga  mo‘ljallangan.

Ushbu zamonaviy zavod ichki va tashqi bozorda xaridorgir yuqori sifatli mahsulotdan yiliga 50 tonna ishlab chiqaradi.

Loyihaning amalga oshishi Respublikada vodorod perekisi importi o‘rnini to‘liq bosishi barobarida yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini ham beradi.

Mahsulotga esa tibbiyot, qog‘oz-sellyuloza, tekstil va tog‘-kon sanoatida, shuningdek oziq-oavqatni qayta ishlashda ehtiyoj yuqori.

Ikki bosqichga: dastlabki bosqich — vodorod perekisi ishlab chiqaruvchi zavod qurish, ikkinchi bosqich esa — perkarbonat natriyi ishlab chiqaruvchi zavod qurishga yo‘naltirilgan umumiy investitsiya miqdori 40 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Korxonaning to‘liq shga tushirilishi 2021-yil bahorida Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech