31 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Sport
13 Fevral  2020 1649

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangiliklari

Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020-yilda saralash doirasida 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31-mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi. Ushbu o‘yinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24-fevral kunlari BAAda yig‘in o‘tkazishi haqida oldinroq ma’lumot bergan edik.
Bosh jamoamiz 18-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi.
Mazkur yig‘in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23-fevral kuni Sharjadagi “Al Hamriya” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech