21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Transport
9 Iyul  2019 1879

Toshkent metropoliteni uchun yangi vagonlar keladi

Aprel oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Rossiyaning «Metrovagonmash» AJ zavodi o‘rtasida Toshkentda yer usti liniyasi uchun harakat tarkibi vagonlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. yetkazib berish uchun har biri to‘rtta vagondan iborat beshta tarkib qurilishi talab etiladi.

Dastlabki uchta tarkib zavodda ishlab chiqarish jarayonida: kuzov ishlari tugallangan, vagonlar pnevmatik va tortish elektr jihozlari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanmoqda. Yaqin kelajakda ularning dastlabkisi yetkazib beriladi.

Zavodda vagonlar brend ranglarda ishlab chiqariladi. Yon devorlar va eshiklar oq rangga bo‘yaladi, butun tarkib bo‘ylab O‘zbekiston milliy bayrog‘ining asosiy ranglari aks etgan uch rang (trikolor) yotiq chizig‘i o‘tadi. Vagon tomi eshikkacha tushadigan joygacha och havorang tusda, old qism markazi qora, unda yo‘nalish bo‘yicha axborot beradigan yugurub o‘tuvchi satr va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ramzlari aks etadi.

Taklif etilgan 81-765/766/767 seriyali metro vagonlarida elektr energiyasini 35 foiz tejashga imkon  beradigan yangi texnik yechimlar qo‘llanilgan va uchinchi avlod asinxron tortish uzatmasidan foydalanish ekspluatatsiya xarajatlarini 40 foizga kamaytiradi. Yangi vagonlarning qator texnik xususiyatlari va afzalliklariga shuningdek, yo‘lovchilarning bir vagondan ikkinchisiga o‘tishi imkonini beradigan «garmoshka» tipidagi germetik vagonlararo o‘tish joylari, yo‘lovchi saloni uskunalari, avtomatik ochilib-yopiladigan ikki tabaqali, har ikki tomondagi to‘rttadan eshik va yana ko‘p narsalar, masalan, konditsioner, isitish va shamollatish tizimlari, shuningdek, videokuzatuv kiradi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ uchun zamonaviy tarkibni xarid qilishda «Банк развития и внешнеэкономической деятельности» davlat korporatsiyasi (RF) va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari, shuningdek, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar yordam berdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech