18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Hukumat
1 Iyun  2019 897
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Yangi bog‘cha mahalla bolalarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish muammosini hal qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahridagi «Qaldirg‘och» davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi. 

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu bog‘cha No‘g‘oyqo‘rg‘on mahallasi aholisining og‘irini yengil qildi. Zero, bu yerda tashkil etilgan 4 asosiy va 3 qisqa muddatli guruhlarda 160 dan ziyod bolaga zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu yerda yozgi o‘yin maydonchasi, cho‘milish havzasi, futbol maydonchasi, sport va musiqa zallari tashkil etilgan, Xonalar rivojlantiruvchi o‘yinlar va ko‘rgazmali vositalar, bolalar o‘z iqtidorini namoyish etishi uchun zarur barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Bog‘chada 32 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi. 

Prezident bog‘chadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, soha mutasaddilari va tarbiyachilar bilan suhbatlashdi. Mamlakatimiz kelajagini ta’minlaydigan kadrlarni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanishi, yangi bog‘chalar qurish va bolalarni qamrab olishni kengaytirish orqali bunga zamin yaratilayotganini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech