15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Xalqaro munosabatlar
1 Noyabr  2019 398

YETTBning yangi ofisi Farg‘ona vodiysi korxonalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Andijonda joylashgan ofis mahalliy kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

YETTB Markaziy Osiyoning aholi eng zich joylashgan hududida o‘zining mintaqaviy ishtirokini kengaytirib, Andijonda ofis ochdi. YETTB Farg‘ona vodiysi borasida Markaziy Osiyoning deyarli 14 million aholisi bo‘lgan eng zich aholi punkti ekanligi bilan o‘z tanlovini izohlaydi.

Ofis asosan mahalliy kichik va o‘rta korxonalarni ekspert maslahati, o‘qitish va turli moliyaviy vositalar orqali qo‘llab-quvvatlaydi, deya xabar beradi O‘zbekiston investitsiya portali.

O‘zbekistonda yangi rivojlanish strategiyasi qabul qilingandan so‘ng, 2018-yilda YETTB qariyb 400 million yevro qiymatidagi 12 ta loyihani imzoladi, bu esa bir yil ichida bankning mamlakatdagi  ishbilarmonlik faolligini rekord darajaga olib chiqdi. Shahar va energetika infratuzilmasiga, jumladan, Farg‘ona vodiysida suv ta'minoti va suv chiqarish infratuzilmasini tiklash, shuningdek, bank va sanoat faoliyatiga katta miqdorda sarmoya kiritildi. Bu yil YETTB mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 250 million yevro sarmoya kiritgan.

Bankning birinchi ofisi 2017-yilda Toshkentda qayta ochildi. Tashkilot 1993-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda, ammo 2010-yildan boshlab respublikada bank operatsiyalari to‘xtatilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech