20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Mamlakatimizda
2 Oktyabr  2019 1169

Respublika yo‘l jamg‘armasi uchun yig‘im: to‘lovning yangi tartibi

Xabaringiz bor, oktyabr oyida Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im to‘lashning yangi tartibi kuchga kiradi, unga ko‘ra yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra iste'molchilar uchun mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida joriy etildi.

Yangi tartibga ko‘ra:

- 2019-yilning 1-oktyabrigacha tuzilgan yangi transport vositalarini oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomalari bo‘yicha xarid qilingan yangi transport vositalari uchun to‘lov tartibi avvalgidek saqlanib qoladi – yig‘im YXXBB organlarida amalga oshiriladi.

- 2019-yilning 1-oktyabridan e'tiboran tuzilgan shartnomalar bo‘yicha xarid qilingan avtomobillar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan to‘lov avtomobil narxiga qo‘shiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

To‘lovning yangi tartibi faqat yangi mahalliy transport vositalariga («UzAuto Motors» AJ, «SamAvto» QK MChJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» QK MChJ, «UzAuto Trailer» MChJ) tegishli. Ikkilamchi bozorda sotib olingan va import bilan olib kirilgan transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni to‘lash tartibi o‘zgarmadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech