10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xavfsizlik
28 Fevral  2020 1253

AQSh Interpol milliy markaziy byurosi  O‘zbekistonda

Amerika qo‘shma shtatlari Interpol milliy markaziy byurosi delegatsiyasi Toshken shahar IIBB ga tashrif buyurdi. 

Amerika qo‘shma shtatlari Interpol milliy markaziy byurosi direktori Ueyn Salzgaber (Salzgaber Wayne Howard)  boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Toshken shahar IIBBga tashrif buyurdi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Djuraev mehmonlar bilan suhbat olib bordi. 

Tomonlar jinoyat sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxslarnining xalqaro qidiruvi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiya, shuningdek kiberjinoyatichilikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish masalalarini muhokama etdilar. Muzokaralar davomida tomonlar tajriba va axborot almashinuvi, huquq-tartibot organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishda  birgalikda treninglar tashkillashtirishda o‘zaro hakmorlikni kengaytirish haqida kelishib oldilar.  

Tashrif doirasida mehmonlar Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati, uning maqsad va vazifalari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalari bilan tanishtirildi.

Shu kuni AQSh Interpol milliy markaziy byurosi delegatsiyasi direktor Ueyn Salzgaber rahbarligida tuman IIB larining biriga tashrif buyurdi va u yerdagi fuqarolar va shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mehmonlarga bo‘limning moddiy-texnik ta’minoti, jumladan avtotexnika namoyish etildi, shuningdek ichki ishlar organi faoliyatiga joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar  haqida so‘zlab berildi, de xabar beradi Toshkent shahar IBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech