22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Urbanizatsiya
23 Iyul  2019 734

Nurafshon – kelajakka intilgan shahar

Toshkent viloyati ma’muriy markazi – Nurafshon shahri ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Shahar ulkan qurilish maydoniga aylangan.

Markaziy avtomagistrallar va mahalla ichidagi ko‘chalar kengaymoqda, hamma yoqda maxsus loyihalar asosida ko‘pqavatli zamonaviy uy-joylar barpo etilmoqda. Ma'muriy binolar, tijorat banklari filiallari, parklar, savdo-ko‘ngilochar markazlar kabi ijtimoiy ahamiyatga ega ob'ektlar, O‘zbekiston Milliy banki ofisi qurilishi va boshqa ko‘plab ishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Viloyat hokimligining yangi binosi, bir necha mehmonxona va maxsus sayr qilish hududi shaharning me’moriy bezaklariga aylanadi.

Viloyat yoshlar markazi va Adliya boshqarmasining ultrazamonaviy binolari va turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazila boshlangan amfiteatr allaqachon foydalanishga topshirilgan.

– Nurafshon ko‘z o‘ngimizda tom ma’noda o‘zgarmoqda, yaqin kelajakda u mamlakatimizdagi birinchi «Smart Siti» («Aqlli shahar»)ga aylanadi, – deydi 1-umumta’lim maktabi direktori Natalya Li. – O‘zbekiston o‘zgarishlar va bunyodkorlik davriga kirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus hamma joyda amalga oshirilmoqda. Masalan, maktabimizda yozgi ta’til vaqtida ingliz tilini o‘rganish, kompyuter savodxonligini oshirish to‘garaklari va sport seksiyasi faoliyat yuritmoqda. Yozda bolalarni zeriktirmaslikka harakat qilyapmiz negaki, hamma ham yozgi ta’til chog‘ida bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga bora olmaydi. Kelgusi o‘quv yiliga faol tayyorgarlik ko‘ryapmiz. 1700 dan ziyod o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabda kosmetik ta'mirlash ishlari olib borildi. Sentyabr oyida maktab 200 nafar birinchi sinf o‘quvchisini qabul qiladi va ular hayotida yangi bosqich boshlanadi.

Bugun yaqindagina ochilgan Yoshlar markazi juda gavjum. Bir necha hafta ichida u minglab o‘g‘il-qizlarni o‘ziga tortadigan joyga aylandi. Bu yerda qiziqishlar bo‘yicha turli bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda, ma'ruzalar zali mavjud, zamonaviy axborot-resurs markazi yoshlar xizmatida.

– Kutubxonamizda milliy va xorijiy klassik adabiyotlar, psixologiya bo‘yicha kitoblar, bo‘lg‘usi talabalar uchun qiziq bo‘lgan ilmiy ishlar mavjud, – deydi kutubxonachi Feruza Abdug‘afforova. – Har bir inson bu yerda o‘zi kerakli kitobni topa oladi. Biz ham yoshlarga qiziqarli adabiyotlarni tanlashda yordam berishga tayyormiz. Bolalar uchun iqlim nazorati tizimi bilan jihozlangan va yilning istalgan vaqtida qulay bo‘ladigan o‘quv xonasi mavjud.

Me’morlar va dizaynerlarning aytishicha, bir necha yil ichida Nurafshon mamlakatdagi eng obod va chiroyli shaharlardan biriga aylanadi. Bu yerda zamonaviy arxitektura mahalliy joy landshaftiga va tarixiy binolarga uyg‘unlashib ketgan.

Sergey Mutin.

Rashid Galiyev curati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech