03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,2 °C

Mamlakatimizda
24 Yanvar  2020 830

2019-yilda ko‘rilgan iqtisodiy sudlar soni 2018-yilga nisbatan 51 foizga kamaydi

O‘tgan yili iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Shundan da’vogarlar foydasiga 11,7 trillion so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan bo‘lib, ko‘rilgan ishlar soni 2018-yilga nisbatan 51-foizga kamaygan.

Ushbu davrda Toshkent shahar, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Andijon viloyatlari iqtisodiy sudlari peshqadamlik qilishgan.

Shunisi qiziqki, nizo tartibida ko‘rilgan ishlarning salmoqli qismi, ya'ni 126 678 tasi bevosita joylarda, ya'ni sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu taraflarga muayan qulayliklar yaratilishiga hamda sud ta'sirchanligini oshirilishiga olib keldi.

Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 3 676 tasi videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqilishi natijasida taraflarning 2,4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘larining tejab qolinishiga erishildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 31 948 ta iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi hamda ular foydasiga 1,3 trillion so‘m miqdorida mablag‘ undirib berildi.

Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini kontraktatsiya, mahsulot yetkazib berish, kredit, kommunal va haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlar tashkil etdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 675 ta shikoyat va protestlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 345 ta qaror bekor qilindi va 115 ta sud qarorlari o‘zgartirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech