15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Madaniyat
2 Iyul  2019 1768

Faqat dengiz haqida: Qoraqalpog‘istonda yangi film suratga olinadi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida Erkin A'zam muallifligidagi “Tanho qayiq”  badiiy filmining suratga olinishi kutilmoqda.

Filmni suratga olish ishlarini joriy yilning 7-20-iyul kunlari Nukus shahri, Xo‘jayli va Mo‘ynoq tumanlarida olib borish reja qilingan, deb xabar tarqatdi kruz.uz internet-nashri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati ma'lumotiga tayanib.

Film ijodklorlari bergan ma'lumotga ko‘ra, mazkur kartina bugungi kunda tumanda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga hamohang ravishda Mo‘ynoq shaharchasi va Orol dengizi hududining tabiati, tarixi, hayvonot olami va tuman xalqining betokrar udum va an'analari, insonparvarligi va dengizning qaytishini umid bilan kutib yashayotgan kishilarning hayoti haqida hikoya qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech