30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
20 May  2020 389

Temir yoʻl hamkorlikni mustahkamlaydi

«Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy» temir yoʻli qurilishi masalasi muhokama qilindi.

Bugun, 20-may kuni Oʻzbekiston transport vaziri Elyor Gʻaniyev, Qirgʻiziston transport va yoʻl vaziri Janat Beyshenov, Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish boʻyicha davlat qoʻmitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori oʻrinbosari Chjen Chipin boshchiligida videokonferensiya aloqa shaklida uchrashuv oʻtkazildi.

Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda tomonlar «Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy» temir yoʻl qurilishi loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelgusi amaliy choralarni muhokama qilishdi.

Xususan, ushbu loyiha yuzasidan tomonlar taqdim etilgan temir yoʻl qurilishi marshrutlari boʻyicha yagona toʻxtamga kelish, loyihalash va qurilish ishlarida qoʻllanilayotgan texnik standartlar, loyihani moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Videoanjumanda Elyor Gʻaniyev soʻzga chiqib, pandemiya sharoitida davlat chegaralari orqali temir yoʻl transportida yuklarni tashish dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgani taʼkidladi.

Uchrashuvda tomonlar taqdim etilgan temir yoʻl qurilishi marshrutlari va boshqa masalalar yuzasidan kelasi haftada xuddi shu formatda uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech