30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Xalqaro hamkorlik
20 Mart  2020 1518

Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻiston Birinchi Prezidenti - Elboshi bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini hamda qardosh Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlarini yaqinlashib kelayotgan bahor, yasharish va yangilanish bayrami – Navroʻz bilan samimiy qutladilar.
 
Ushbu ayyom azaldan oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik rishtalari, mushtarak tarix, madaniyat va anʼanalar bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xalqlarimiz maʼnaviy-madaniy yaqinliginining ifodasi ekani alohida taʼkidlandi.
 
Mamlakatlarimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, shuningdek, uning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hamda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining bugungi surʼatiga salbiy taʼsirini kamaytirish borasida koʻrilayotgan qatʼiy chora-tadbirlar toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.
 
Hukumatlar darajasida saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish va yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
 
Muloqot chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari ham koʻrib chiqildi, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech