25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11 °C

Transport
3 Yanvar  2020 6041

Texnik ko‘rik taloni sertifikat bilan almashtiriladi

O‘zbekiston IIV Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra, avtomobil egalariga talon o‘rniga texnik ko‘rik sertifikati beriladi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/3-yanvar. Texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositasining egasiga DYHXX xodimi transport vositasi texnik holatining transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentlarga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikat beradi. Bunday hujjatni olish uchun bazaviy hisob-kitob summasining 40 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Sertifikatning xalqaro standartlar tavsiyalari asosida 74x105 mm (A7) o‘lchamda mustahkam va egiluvchan materialdan tayyorlanishi rejalashtirilgan. Unda maxsus o‘qish vositalari (dasturlari) yordamida tezda tanib olish ma’lumotlarini taqdim etuvchi QR-kod, qurilmalar o‘rtasida kontaktsiz ma’lumotlar almashishni amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgi (NFC Smart-kart) bo‘ladi.

Bu maxsus o‘qish qurilmalari yo‘lning qatnov qismi (ustunlar, videokuzatuv kameralari o‘rnatish uchun mo‘ljallangan maxsus konstruksiyalar va boshqalar)ga o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda, bu esa texnik ko’rikdan o‘tmagan transport vositasini oqimda aniqlash, shuningdek, soxta va muddati o‘tgan sertifikatlarni aniqlash imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech