02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Salomatlik
5 Mart  2020 1047

Shifokorlar himoyasi ham dolzarb

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari endilikda «Shifokorlarni himoyalash bo‘yicha tavsiyalar»ga ega bo‘lishdi.

Mazkur hujjat 2020-yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan.

«So‘nggi vaqtlarda sog‘liqni saqlash sohasida huquqiy javobgarlik va mas'uliyatlari muhokama qilinganda, asosiy e’tibor bemorlarga qaratib kelinardi. Bugungi kunga kelib, bemorlar bilan teng ravishda aynan shifokorlar o‘z haq-huquqlari va sharafini samarali himoya qilishining huquqiy mexanizmiga ehtiyoj sezilmoqda» deb hisoblaydi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Rovshan Izamov.

Shifokorlar o‘z xavfsizligi va haq-huquqlarining aniq himoya mexanizmlariga ehtiyoj sezishlariga, oxirgi vaqtlardagi shifokorlar ustidan shikoyat qilish bilan bir qatorda, ularni haqoratlash, hatto tan jarohatlari yetkazish holatlarining ko‘payib borayotganligi sabab bo‘lmoqda.

Mazkur muammoning dolzarbligini inobatga olgan holda, Milliy palata tomonidan xalqaro tajribalar, jumladan Rossiya Federatsiyasining mashhur pediatr va jarrohi Leonid Roshal boshchiligidagi sog‘liqni saqlash Milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan shifokorlarni himoyalash bo‘yicha «Praktikum», mazkur yo‘nalishda qo‘llash mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respulikasidagi mavjud huquqiy-me'yoriy tayanch hujjatlar o‘rganildi va tahlil qilindi.

Natijada, shifokorlar amaliyotida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarda, davlatimizda qonunni himoya qilish borasida  mavjud bo‘lgan hujjatlar asosida, qanday yo‘l tutishning ketma-ketligi aks ettirilgan  hujjatga ega bo‘lishdi.

Yuqorida keltirilgan muammolar orasida shifokorlarni haqoratlash, tan jarohati yetkazish, shifokorlarning videotasviri va audio ovozini yozib olish, shifokorlar to‘rg‘isida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlar xamda haqoratlarni internet tarmoqlarida tarqatish, yoki boshqa salbiy holatlarni ta'qiqlash ko‘rsatib o‘tilgan.

«Shifokorlarni himoyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar» bilan Milliy palataning rasmiy saytida o‘zbek va rus tillarida tanishish mumkin, deb xababr beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech