17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Xalqaro munosabatlar
27 May  2019 517

Jonivorlarni himoya qilish – xalqaro darajada

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahromjon Norqobilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parijdagi Butunjahon jonivorlar salomatligini himoya qilish tashkiloti (MEB)ning 87-bosh sessiyasida ishtirok etmoqda.

Fransiyaga tashrif chog‘ida delegatsiyamiz MEB Bosh direktori Monika Elua, «Sommet de L’Elevage» xalqaro chorvachilar sammiti vakillari, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Fransiya kompaniyalari va boshqalar bilan muzokaralar olib borishi, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Veterinariya xizmati delegatsiyalari, Yevropa bo‘yicha mintaqaviy komissiya yig‘ilishlari va standartlarga rioya qilish bo‘yicha MEB tadbirlari bilan to‘rt tomonlama uchrashuvda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, MEBning 87-bosh sessiyasi doirasida 181 mamlakatdan delegatlar ishtirok etadigan «O‘zbekiston kuni» ham nishonlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech