21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Voqea-hodisalar
10 Sentyabr  2019 302

OAV: Si Szinpin xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashni sezilarli darajada kuchaytirishni buyurdi

XXR raisi Si Szinpin islohotlarni har tomonlama chuqurlashtirish bo‘yicha Markaziy komissiyaning 10-majlisida xususiy sektorni rivojlantirishga ko‘maklashishni sezilarli darajada oshirish lozimligini ta'kidladi, deya xabar beradi «Jenmin jibao» gazetasi.

Tadbirda xususiy sektor uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar va rejalar, savdo sohasida yuqori standartlarni ta'minlash masalalari muhokama qilingan. Yig‘ilish tugagandan so‘ng, davlat va boshqa barcha kompaniyalar uchun teng raqobat sharoitlarini ta'minlash zarurligi to‘g‘risida bayonot e'lon qilindi.

«O‘zgarishlar samaradorligini oshirish uchun yanada muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar talab etiladi, davlat siyosatining barcha yo‘nalishlarida yangi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak, ular o‘tgan yillarda erishilgan islohotlarning kompleks natijalariga tayanishi lozim», – deya uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Bundan tashqari, majlis ishtirokchilari «Bir makon - bir yo‘l» tashabbusining muhim roliga, xususan, Xitoy savdo tuzilmasini optimallashtirish, eksport va import hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratdilar. Komissiya a'zolari moliyaviy nazoratni kuchaytirish va professional kadrlardan samarali foydalanish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech