19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Mamlakatimizda
15 May  2019 740

OAVda tarqalgan xabar bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy ma’lumot berdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda go‘yoki 2 xonali uyni 25 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.larning ushlangani to‘g‘risida OAVlarda berilgan xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir o‘tkazilmagan va o‘z-o‘zidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Shunga ko‘ra, jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirishni qat’iy so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech