05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Dolzarb
30 Mart  2020 3272

Xitoyda koronavirus epidemiyasi tugagani haqida

Xitoyda koronavirus infeksiyasining tarqalishi to‘xtatildi.

Hozirda kasallik davom etayotganlar va uni yuqtirganlar soni 3 mingdan kam. Bu haqda Xitoy davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi vakili Mi Fen ma’lum qildi.

Xitoyda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon 82 mingga yaqin infeksiya holati qayd etilgan, 75,500 dan ortiq bemor sog‘ayib, 3,300 ga yaqin kishi vafot etgan.

Bugungi kunda 177 mamlakat COVID-19 pandemiyasiga to‘qnash kelgan. Virus Antarktidadan tashqari barcha qit’alarga tarqalgan, deya xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi. 722,500 ga yaqin odam allaqachon zararlangan va 33,000 dan ortiq odam vafot etgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda o‘lim soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda Italiya (10 mingdan oshiq kishi), undan keyin Ispaniya (6,8 ming), Xitoy (3,3 ming), Eron va Fransiya (2,6 ming) va AQSh (2,4 ming) bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech