01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Ta'lim
20 Aprel  2020 4121

TEAM universiteti tashkil etildi

2020-yil 18-aprelda Hukumatning 241-sonli «TEAM universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, TEAM universiteti tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning vazifalaridan biridir.

Universitet «TEAM University» MChJ muassisligidagi ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy OTMlar bilan birgalikda ta’minlanadi.

Universitetda ta’lim jarayoni ingliz, o‘zbek va boshqa tillarda tashkil etiladi, ta'lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etilgan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar – potensial ish beruvchilar taqdim etadigan ta’lim grantlari, homiylik xayriyalari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech