12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Transport
25 Sentyabr  2019 2847

Yiliga o‘rtacha 200 milliondan ziyod yo‘lovchi tashiladi

Bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibida 8 ta avtobus saroyi, 2 ta unitar korxona mavjud. Avtobus saroylari tomonidan 136 ta yo‘nalishda transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yiliga o‘rtacha 200 milliondan ziyod yo‘lovchi tashiladi. Bu haqda jamiyat tomonidan tashkil etilgan press-turda ma'lumot berildi.

Bulardan 47,8 foizi oylik yo‘l chiptalaridan foydalanadigan yo‘lovchilar hamda 2,2 foizi imtiyozga ega bo‘lgan yo‘lovchilardir. Yo‘nalishlarga 1000 dan ortiq avtobus biriktirilgan va ular tomonidan bir kunda 13000-14000 qatnov amalga oshirilmoqda.

Jamiyat tarkibida avtobuslarga xizmat ko‘rsatuvchi “Toshavtota'mirxizmat” UK mavjud. Ushbu servis korxonasi tomonidan yiliga o‘rtacha 6,5 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu kuniga o‘rtacha 18 ta avtobusga texnik xizmat ko‘rsatiladi, deganidir.

Mazkur ish haqi to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish, keskin oshirish yuzasidan hisob-kitob va me'yoriy hujjatlar tayyorlanmoqda.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir oyda o‘rtacha 70 mingga yaqin oylik yo‘l chiptasi va qariyb 500 mingta transport jetoni sotilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi tarmoq korxonalarda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha 2019 yilning 8 oyi mobaynida haydovchilar tomonidan 11 ta YTH sodir etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan YTHlar soni 22 taga kamaygan.

Yo‘nalishlarga chiqarilayogan avtobuslarning texnik holatini sozligi nazoratini kuchaytirish maqsadida haftaning seshanba va juma kunlari “Texnik komissiya kuni” deb belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy etilgan murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus bot orqali ham yo‘nalishlarda yo‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.

 “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtosaroylarning haydovchi va chiptachilari orasida ishni tashkil etish, ularning mas'uliyatini oshirish, yo‘lovchilarga madaniyatli va sifatli xizmat ko‘rsatish, kasb nufuzini oshirish maqsadida soha xizmatchilarini yangi bichim va ko‘rinishdagi maxsus kiyim-bosh bilan bosqichma-bosqich ta'minlanmoqda.

O‘tgan yili belgilangan rejaga ko‘ra quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, harakat tarkibini yangilash maqsadida 2018 yil oxiri 2019 yil boshida 160 ta katta va o‘rta sig‘imli “MAN” hamda “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar olib kelindi. BMT bilan elektrobuslarni harid kilish yuzasidan loyiha boshlandi. “MAN”  servis markazi qurildi. Markaziy bekatlarga let tablolar o‘rnatildi. Avtobuslarga kuzatuv kameralarni o‘rnatila boshlandi. Ayni kunga qadar 60 ta avtobusga kameralar o‘rnatildi. Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda ijrosi 2030 yilgacha mo‘ljallangan jamoat transportini rivojlantirish Konsepsiyasi tayyorlanmoqda. 7-avtobus saroyida AGNKS qurilishi boshlandi. 3 ta yangi yo‘nalish ochildi. Bular 183- Binokor qo‘rg‘oni — Do‘stlik metro bekati, 120-Keles — Chorsu metro bekati, 133- Yangi Sergeli mavzesi — S.Rahimov metro bekatlari yo‘nalishlaridir. Yo‘lovchilar talabi va murojaati asosida 11 ta yo‘nalishga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kelgusida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, elektron to‘lov bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan va yuqori tashkilotlarga taqdim etilgan. Zarur xulosa olingach, amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan. BMT bilan elektrobuslarni xarid kilish yuzasidan loyihani yakuniga yetkazish rejalashtirilgan. Oraliq bekatlarga kichik hajmdagi elektron tablolar joylashtirish, avtobuslarga kuzatuv kameralari o‘rnatishni davom ettirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, avtobus saroylarida AGNKS qurilishi davom ettiriladi. Shuningdek, yangi avtobuslar xarid qilish bilan yangi yo‘nalishlar ochish ham jamiyatning asosiy maqsadlaridan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech