27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,2 °C

Mamlakatimizda
13 Iyun  2019 290

Ochilboy Ramatov: «Yog‘ochning bo‘shini qurt yeydi...»

Nurafshon shahrida viloyat faollari, masalaga taalluqli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi, jarayonning borishi bo‘yicha mas'ullarning hisoboti tinglandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

«Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan bir trillion yuz milliard so‘mni tiyin tiyinigacha maqsadli sarflashimiz kerak.

Yog‘ochning bo‘shini qurt yeydi. Bo‘sh bo‘lmanglar. Ayniqsa, davlatning yerini, binosini qachondir qop-qop va'da berib kimdir olgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ishlatmasdan kelayotgan bo‘lsa, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish kerak. Kerak bo‘lsa, qo‘lidan ish keladigan investorlar topamiz. Davlatimizning rivojlanishiga halal berishga hyech kimning haqi yo‘q!

Toshkent shahrini suv bilan ta'minlaydigan viloyatning o‘zida ichimlik suvi muammo bo‘lsa, buni qanday tushunish mumkin?

Shuning uchun, davlat rahbari tomonidan viloyatga ajratilgan mablag‘, eng avvalo, ichimlik suvi muammosini hal qilishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, yo‘lsozlik, sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi kabi sohalar ham respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘ni yo‘naltirishda ustivorlik kasb etadi.

Bu ishlarni bekamu ko‘st amalga oshirish uchun viloyat rahbarlari atrofiga xalq, viloyat faollari birlashishi kerak», dedi Bosh vazir o‘rinbosari o‘z so‘zida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech