27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Sport
22 Aprel  2019 764

OChL, 4-tur. Bugun “Paxtakor” Doxada, “Lokomotiv” esa Toshkentda o‘yin o‘tkazadi

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda UFA matbuot xizmati.

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini qabul qilsa, “Paxtakor” jamoasi Qatarda “As-Sadd”ga qarshi maydonga tushadi.

“Lokomotiv” – “Al-Ittihod” o‘yini soat 18:00da boshlanadi. “Paxtakor” – “As-Sadd” uchrashuvi esa Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.

“Lokomotiv” uchta turdan so‘ng “B” guruhida 3 ochko jamg‘argan holda, so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. “Paxtakor”esa “D” guruhida 5 ochko bilan 1-pog‘onada bormoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech