15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Sport
23 Aprel  2019 1077

OChL, 4-tur. “Lokomotiv”da durang, “Paxtakor”da esa mag‘lubiyat

Xabar berganimizdek, kecha Toshkentning “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” jamoalari Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Dastlab “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. Romarinoning goliga “Lokomotiv”dan Temurxo‘ja Abduxoliqov javob qaytardi. Mazkur natijadan so‘ng temiryo‘lchilar 4 ochko bilan “B” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.

“Paxtakor” ushbu turda Qatarning “As-Sadd” klubi mehmoni bo‘ldi. Vakillarimiz ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa guruhda mutloq peshqadam bo‘lib olish imkoniga ega edi. Afsuski yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga qaramay toshkentliklar baribir mag‘lub bo‘lishdi. O‘yin 2:1 hisobida qatarliklarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 

Xavi va Bag‘dod Bunedja “As-Sadd” tarkibida gol muallifiga aylanishdi. “Paxtakor” safida esa yagona golni yegor Krimets kiritdi. Bu mag‘lubiyat “Paxtakor”ni guruhda 3-o‘ringa tushirib yubordi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech