18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,8 °C

Sport
31 Dekabr  2018 1548

Odil Ahmedov yilning eng yaxshi futbolchisi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi, deya xabar tarqatdi “O‘FA” matbuot xizmati.

So‘rovnomada O‘zbekistonda va xorijda to‘p surayotgan, faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchi va murabbiylarga ovoz berish so‘ralgandi. Yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari va muxlislar ushbu ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi. Har bir tahririyat bir ovozga ega ekanligi avvaldan belgilab qo‘yilgandi. Shuningdek, muxlislar tomonidan yuborilgan ovozlar ham jamlanib, bitta ovoz sifatida qabul qilindi. 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida to‘p surayotgan milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov  yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rinni “Lokomotiv” a’zosi Marat Bikmaev egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin “Sharja” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov va “Seul” a’zosiga aylangan Ikrom Aliboevlarga nasib etdi. 

Murabbiylardan esa eng ko‘p ovozni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Ravshan Haydarov egalladi. Ikkinchi o‘rin “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov, 3-o‘rin esa “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorovga nasib etdi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech