24 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,1 °C

Salomatlik
30 Iyun  2020 797

Oʻzimizda ishlab chiqarilgan OʻSSH apparati amalda

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ilk Oʻpkani sunʼiy shamollatish apparati foydalanishga topshirildi.

30-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Oʻzbekistonda ilk ishlab chiqarilgan Oʻpkaning sunʼiy shamollatish (OʻSSH) apparatining taqdimoti va topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. TadbirdaInnovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Slovakiyaning favqulodda va muxtor elchisi Yana Bori, Rossiya Federatsiyasi elchisining maslahatchisi Tatyana Listopadova, Respublika 1-klinik shifoxonasi bosh vrachi Aziz Ibragimov, “Chirana Asia” korxonasi rahbarining oʻrinbosari Igor Vaxrushev ishtirok etdi.

Shuningdek tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga 1 000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektori bilan nafas olish konturlari va 1 000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlar begʻaraz foydalanish uchun topshirildi.

Oʻpkaning sunʼiy shamollatish va narkoz-nafas olish apparatlarini ishlab chiqarish boʻyicha texnologiyalar transferi amalga oshirilgan boʻlib, joriy yil may oyida “Chirana Asia” Slovakiya-Rossiya-Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Loyihaning umumiy qiymati 6 million dollarga teng boʻlib, 100 dan ortiq ish oʻrinlari yaratildi. Loyiha toʻliq ishga tushishi natijasida ichki ehtiyojlar qondirilganidan soʻng OʻSV bir qatorda qoʻshni davlatlarga — Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Uskunalar boʻyicha servis markazi tashkil etiladi va anesteziologiya sohasidagi ilgʻor xorijiy mutaxassislar ishtirokida kadrlar malakasini oshirish oʻquv-seminarlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari narkoz-nafas olish apparati begʻaraz tarzda taqdim etiladi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech