20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
7 Avgust  2019 364

Oldin “Damas”, endi “Lasetti” YPX xodimlaridan qochdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Lasetti” avtomobilining yo‘l o‘rtasidagi to‘siqdan o‘tib qarama qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangani aks etgan video paydo bo‘ldi. Toshkent shahar IIBBning ma'lum qilishicha, voqyea bugun, 7-avgust kuni taxminan soat 12:15 da Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida bo‘lgan.

Bu voqyea Toshkent shahar IIBB YPX inspektorlarining nazaridan chetda qolmagan. YPX inspetkorining to‘xtash haqidagi ishorasiga haydovchi bo‘ysinmagan. Hozirda avtomobil davlat raqami va egasi aniqlangan. Guvohlarning biri tomonidan videoga tushirilgan vaqtda avtomobilni boshqargan va qoidabuzarlik qilgan haydovchini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech