20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Salomatlik
3 Iyul  2019 469

O‘ldiruvchi noma'lum virus topildi

Boliviya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Gabriela Montanoning «Sputnik Mundo»ga ma'lum qilishicha, mamlakatda o‘ldiruvchi noma'lum virus tarqalishi qayd etilgan.

Bir bemor ayol infeksiyadan vafot etgan. Undan virusni yuqtirgan ikki shifokor kuchli isitmali qaltiroq, bosh va qorin og‘rig‘i bilan shifoxonaning intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.

Shifokorlar shuningdek, shifoxonaga yotqizilishidan oldin bemorlar bilan aloqada bo‘lgan uch kishining ham holatini kuzatmoqdalar.

La-Pasdagi ikkita davlat shifoxonasida infeksiya bilan kurashish uchun favqulodda sanitariya-epidemiologiya va gigiena choralari ko‘rildi.

Montano mahalliy mutaxassislar bilan virusni aniqlash uchun La-Pasga uch nafar xalqaro ekspert kelganini ma'lum qildi. Mahalliy laboratoriyalar tahlillarining ko‘rsatishicha bu denge isitmasi yoki chikungunya virusi emas. Tadqiqot namunalari Atlanta (AQSh)ga Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga jo‘natildi, deya xabar qiladi rambler.ru.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech