19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,9 °C

Sport
17 Iyul  2019 543

Olga Zabelinskaya bu safar Shveytsariyada shohsupaga ko‘tarildi

Kecha 16-iyul kuni Shveytsariyada velotrek yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan «UCI Ladies Omnium Zurich-Oerlikon» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Olga Zabelinskaya bronza medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar beradi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz joriy yilning 12-iyul kuni Amerikaning Aydaxo shtatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan «Chrono Kristin Armstrong» xalqaro musobaqasida Olga Zabelinskaya kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi. Ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur xalqaro musobaqalarning barchasi Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech