27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Sport
15 May  2020 360

Olimpiada butunlay bekor qilinishi mumkinmi

Tokio Olimpiadasining qoldirilishi XOQga qanchaga tushishi maʼlum boʻldi.

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) hisob-kitoblariga koʻra, 1 yilga qoldirilgan Olimpiya oʻyinlari tashkiloti uchun 800 million dollarga tushadi. Bu haqida XOQ prezidenti Tomas Bax maʼlum qildi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarning 150 million dollar miqdoridagi qismi Xalqaro federatsiyalar va Milliy olimpiya qoʻmitalarini zarur moliyalashtirish ishlari uchun ajratiladi.

Biz tashkiliy qoʻmita va Yaponiya hukumati bilan birdammiz. Asosiysi, 2021-yil 23-iyuldan boshlanishi kutilayotgan Olimpiadaning muvaffaqiyatli oʻtishiga shubha qilmaymiz, — dedi Tomas Bax.

Qolaversa, Bax 800 million dollar koronavirus inqirozining moliyaviy oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishini aytib oʻtdi. XOQ rahbari, shuningdek, agar koronavirusga vaksina topilmaydigan boʻlsa, Olimpiada butunlay bekor qilinishi ehtimoli borligini ham taʼkidladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech