27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Sport
14 Aprel  2020 971

Olimpiada muddati o‘zgarishi murakkab jarayon

Ma'lumki, «Tokio-2020» oyinlari 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha bolib otadi.

Shu tariqa Olimpiya o‘yinlari tarixda birinchi marta boshqa muddatga ko‘chirildi.

XOQning Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi hozirgi paytda «Tokio-2020» Olimpiya o‘yinlari kelgusi yilga ko‘chirilishi bilan bog‘liq turli masalalarni ko‘rib chiqmoqda.

XOQning 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda, mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abening shaxsiy ishtirokida birgalikda qabul qilindi.

Bu koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish, eng avvalo, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan odamlarning, xususan sportchilarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish maqsadini ko‘zlab qilindi.

Bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinmadi, chunki XOQ o‘zining tavakkalchiliklarni boshqarish, shu jumladan sug‘urtalash bo‘yicha siyosati tufayli har qanday holatda o‘z faoliyatini davom ettirish va Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘icha o‘z vazifalarini bajarish imkoniyatlariga ega.

XOQning ayrim asosiy sheriklari bilan bitimlarining muddati 2020-yilda tugashi munosabati bilan Tashkilot kelishuvlarni saqlab qolish va bu Olimpiya o‘yinlari ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘lmasligi yuzasidan qaror qabul qildi.

Olimpiya o‘yinlarini ko‘chirishni muhokama qilishda olimpiyachi sportchilarning fikrlari muhim rol o‘ynadi. XOQ Prezidenti Tomas Bax atletlarning 200 nafaridan ko‘prog‘i bilan maslahatlashuvlarda ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan Olimpiya mash’alasini Yaponiyada saqlab qolish va «Tokio-2020» nomini o‘zgartirmaslikka qaror qilindi.

Tomas Baxning aytishicha, musobaqlarni butunlay bekor qilinmasligini ta'kidlar ekan, buni 11000 sportchi va 206 milliy olimpiya qo‘mitasi, XOQ Qochoqlar olimpiya komandasi, shuningdek tashkilotchilar, ishqibozlar va olimpiya harakati barcha vakillarining umidlarini so‘ndirishi bilan izohladi.

Yil davomida XOQ faqat Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarini tashkil etish bilan shug‘ullanibgina qolmasdan, shuningdek boshqa yirik musobaqalar: Pekindagi 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari va Dakardagi 2022-yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga e'tibor berishi kerak.

Hozirgi paytda XOQ va «Here We Go!» ishchi guruhi barcha manfaatdor tomonlar bilan Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga saralashning yangi tizimini kelishmoqda. Bunda ega bo‘lingan 57 foiz litsenziyalar ular qo‘lga kiritganlarda saqlab qolinadi, kvalifikatsiya davri 2021-yil 27-iyunda tugaydi. Bu Yaponiya bilan kelishuvga muvofiq, Tokiodagi 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari 2021-yildagi XXXII Olimpiya o‘yinlari bo‘lib qolishi sabablidir.

Bundan tashqari, Olimpiya xartiyasi prinsiplariga muvofiq milliy olimpiya qo‘mitalari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun sportchilarni tanlash huquqini saqlab qoladi.

«Tokio-2020»Tashkiliy qo‘mitasiga olimpiya musobaqalariga sotilgan chiptalar masalasini hal qilish kerak bo‘ladi. Yaponiya tomoni, shuningdek Olimpiya o‘yinlarida Olimpiya qishlog‘i bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘radi, chunki o‘sha yer Olimpiada yuragi bo‘ladi.

Hujjatda XOQning 185 ta milliy olimpiya qo‘mitasining 1 600 ta sportchisi va XOQning Qochoqlar olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishi alohida ta'kidlanadi.

Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining ko‘chirilishi bo‘lajak musobaqaga mezbonlik qiladigan mamlakatni tanlash uchun mas'ul komissiya ishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan keyin ham musobaqalar barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz bo‘lgan sharoitlarda o‘tkaziladi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech