30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Ijtimoiy hayot
4 May  2020 774

Olisni yaqin qilgan ko‘chma bozorlar

Xorazm viloyati Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlaridagi barcha mahallalarda ko‘chma do‘konlar savdosi tashkil etilgan.

Xorazm viloyatining eng olis hududida joylashgan Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlaridagi barcha mahallalarda ko‘chma do‘konlar savdosi tashkil etilib, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari aholiga uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Ayniqsa, qishloqlarga ko‘chma do‘konlar orqali un sotuvini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor berilmoqda.

— Karantin davrida aholiga yetkazib beriladigan un mahsulotlarini tadbirkorlik sub’ektlari birja savdolari orqali emas, balki donni qayta ishlash korxonalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olish tartibining belgilangani tufayli ushbu mahsulot ta'minoti yanada yaxshilandi, — deydi  Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi boshlig‘i Uchqun Madrahimov. — Ushbu tartib asosida aprel oyining o‘zida qishloqlarga 200 tonnadan ortiq un yetkazib berildi.

Shuningdek, ko‘chma do‘konlar qishloqlarga boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ham arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda. Ramazon oyida bunday  do‘konlarda xurmo, nisholda, pechak, qaymoq kabi shirinliklar ham sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan un va boshqa mahsulotlar narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat olib borilmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech