01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Hukumat
12 Mart  2020 374

«Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni. U kimlarga beriladi?

«Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqining cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bag‘ishlagan hamda O‘zbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:

xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;

atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ma’naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko‘zga ko‘ringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.

«Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan:

O‘zbekiston Respublikasi bilan chet davlatlari o‘rtasida har tomonlama manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ishonchni kuchaytirishdagi shaxsiy hissasi;

xorijiy mamlakatlarning xalqlari bilan do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasida ko‘rsatgan alohida xizmatlari;

umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarni, tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etish, turli xalqlar madaniyati va san’atini yanada boyitishdagi faol ishtiroki;

tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, yirik ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni yaratish hamda turli sohalarga tatbiq etishda erishgan salmoqli natijalari;

ilm-fan va ma’rifat, madaniyat, san’at va adabiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarini, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish borasidagi katta yutuqlari;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashdagi ko‘p yillik va fidokorona mehnati;

kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizni demokratik yangilashdagi roli va ahamiyatini oshirish, jamiyat va davlat o‘rtasidagi tizimli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari;

ekologik muammolarni hal etish, sayyoramiz va mamlakatimizda qulay atrof-muhitni ta’minlash, inson genofondini saqlash, bioxilma-xillik va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, hozirgi va kelgusi avlodning ekologik xavfsizligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan ko‘p yillik samarali faoliyati;

xalqaro miqyosdagi ulkan jamoatchilik, gumanitar va xayriya faoliyati uchun mukofotlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech