09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,6 °C

Xalqaro munosabatlar
13 Avgust  2019 691

Rossiya kompaniyasi Olmaliq KMKning misni boyitish fabrikasini rekonstruksiya qiladi

«Uralmashzavod» OAJ O‘zbekistonda rangli metallar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan Olmaliq KMKning asosiy boyitish fabrikasini modernizatsiya qilib beradi. Bu haqda Rossiya kompaniya ma'lum qilgan.

Kompaniyalar o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, UOMZ (Ural og‘ir mashinasozlik zavodi) misni boyitish zavodining barcha texnologik liniyalarini eng zamonaviy muhandislik yechimlari asosida yangi, yuqori samarador va energiya tejamkor uskunalar bilan to‘liq almashtiradi. Bunda po‘latning mustahkamroq markasi, yangi zirh materiallari va maydalash kameralarining maxsus qoplamalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv va nazorat qilish tizimlari qo‘llaniladi.

Shartnoma doirasida yil davomida mijozga 20 ta to‘liq avtomatlashtirilgan maydalash majmualari, 30 ta g‘alvir mashina va 2 ta sharli tegirmonlar yetkazib beriladi. Ishlab chiqarishni qayta jihozlash barcha liniyalarda energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi, mehnatni yengillashtiradi, mahsulot sifati va samaradorligini oshiradi.

«Biz fabrikani modernizatsiya qilish loyihasi ustidagi ishlarga konstruktiv yondashuv uchun SFI Management va Olmaliq kombinati rahbariyatidan minnatdormiz. SFI Management barcha variantlarni diqqat bilan ko‘rib chiqib, eng optimal qarorga keldi: minimal xarajatlar bilan va qisqa vaqt ichida misni boyitish fabrikasining noyob kompleks rekonstruksiyasini amalga oshiradi. Zamonaviy texnologiyalar qisqa vaqt ichida asosiy muammo — xarajatlarni qisqartirish va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradi», deydi «UOMZ-KARTEKS» BK bosh direktori Yan Senter.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech