05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,8 °C

Dolzarb
22 Iyul  2020 2507

Ommaviy emlash kelgusi yili boshlanadimi

JSST ning taxmin qilishicha, koronavirusdan ommaviy emlash 2021-yilning oʻrtalarida boshlanadi.

2021-yilning oʻrtalarida koronavirusdan ommaviy emlash jarayoni boshlanish ehtimoli yoʻq emas. Bu haqda JSST rahbari oʻrinbosari Sumiya Svaminatan maʼlum qildi.

Oʻz maʼlumotida u hozir 20 nafardan ortiq nomzod klinik sinovga jalb etilganini, va sinovlarning baʼzilari samarali kechishidan umidvor ekanligini, shuningdek 2021-yil oʻrtalariga kelib natijalar maʼlum boʻlishini taʼkidladi.

Sumiya Svaminatan shuningdek sanoqli haftalar ichida qon zardobida COVID-19ga qarshi antitanachalar yoʻqolib ketayotganini ham qoʻshib qoʻydi. Lekin bu orttirilgan immunitetning yoʻqligini isbotlay olmaydi. Koronavirusga qarshi hujayrali immunitet tizimi hali toʻliq oʻrganilmagan, deb xabar beradi Deutshce Welle.

Yaqinda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksinani birinchi boʻlib infeksiya bilan kurash olib borayotganlarning oldingi safdagilari olishini eʼlon qildi. Dastavval vaksina bilan tez yordam avtomashinalari haydovchilari, shoshilinch tez tibbiy yordam guruhi aʼzolari va boshqa tibbiyot xodimlari emlanadi.

Sogʻliqni saqlash tizimi vakillari shuningdek, birinchilar qatorida yoshi ulugʻ kishilar, hamda gipertoniya, diabet va demensiya bilan xastalanganlar emlanishi kerak deb hisoblaydilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech