20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
29 Iyun  2020 586

Onasining mashinasida koʻchaga chiqib...

Voyaga yetmagan haydovchi bir insonning hayotiga zomin boʻldi.

28-iyunda Namangan viloyati Norin tumanida YTH sodir etilishi natijasida bir kishi hayotdan koʻz yumdi.

Soat 12:10 larda Norin tumani 15-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi onasining nomida boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, oʻzidan oldinda ketayotgan uch nafar piyodalarni urib yuborgan.

Ular ham Norin tumanida yashaydigan fuqarolar boʻlib, ularning biri 38, keyingilari 43 va 44 yoshli ayol kishilar boʻlgan.

Natijada, piyodalar ogʻir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 28-iyunda Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi, IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech