11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Xavfsizlik
18 Iyun  2020 2253

Internet foydalanuvchilariga nisbatan onlayn firibgarlik

Koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan karantin choralari sharoitida internet xizmatlari va onlayn rejimda ishlash imkoniyati tobora ommalashib bormoqda. Ushbu holatlarda internet imkoniyatlaridan foydalanib kelayotgan foydalanuvchilar orasida firibgarlikning oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

Kiberxavfsizlik markaziga kelib tushayotgan murojaatlar va maʼlumotlarning tahliliga koʻra, foydalanuvchilarning pul mablagʻlarini oʻgʻirlash holatlari soxta sahifalar (feyk/qalbaki) onlayn kazino va qimor tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish orqali sodir etilayotganligini koʻrish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan reklama yordamida, oson daromad va tez qisqa fursat ichida katta daromad olish toʻgʻrisida foydalanuvchilarga onlayn kazino va qimor oʻynash kabi tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish orqali soxta veb-saytlarga oʻz faoliyatni yuritib kelayotganligini shu havola orqali “https://vulcan-pllatinum.club/ip207.154.211.25” koʻrish mumkin. Ushbu veb-saytlar kazinoda gʻalaba qozonish va pul mablagʻlari hisobiga tushishini simulyatsiya qilish uchun moʻljallangan. Shu bilan birga, goʻyoki siz qoʻlga kiritgan pulni qaytarib olishingiz mumkin boʻladi. Foydalanuvchi tomonidan pul oʻtkazish uchun komissiya deb ataladigan toʻlov, tajovuzkorlarning hisob raqamiga kiritish imkoniyatni beradi.
Qayd etish joizki, qonunbuzarliklarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sabablardan biri onlayn kazino bilan bogʻliq noqonuniy oʻyinlar platformasining haqiqiyligini tekshirish imkoniyati yoʻqligidir. Maʼlumki, onlayn kazino va boshqa qimor oʻyinlari tashkil etish faoliyati koʻp davlatlarda taqiqlangan va bunday onlayn platformalar bilan bogʻliq holatlar yuzasidan bloklash choralari koʻrilmoqda. Bloklashni oldini olish uchun, ushbu onlayn platformalarning egalari, domen nomlari va serverlarini muntazam ravishda oʻzgartirish choralarni koʻrmoqdalar, shu bilan firibgarlar qalbaki qimor saytlaridan muvaffaqiyatli foydalanishi uchun sharoit yaratmoqdalar.
Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksiga muvofiq, Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish saqlash, boʻyicha faoliyati uchun javobgarlik koʻzda tutilgan.
Kiberxavfsizlik markazi internet firibgarlikning oldini olish maqsadida foydalanuvchilarni qimor va boshqa xavf xatarlarga asoslangan onlayn oʻyinlarda ishtirok etmasliklarini va nomaʼlum shaxslarga shaxsiy maʼlumotlarni va bank kartalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu bilan birga bank kartalari bilan operatsiyalar jarayonida pul oʻtkazma bilan bogʻliq kiruvchi SMS xabarlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni tavsiya etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech