28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Ijtimoiy hayot
8 Yanvar  2020 1308

Xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish tartibi belgilandi

“Xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalarini O‘zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” Hukumat qarori (6-son, 07.01.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

- xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar O‘zbekistonga Ichki ishlar vazirligi tomonidan qaytariladi;

- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni O‘zbekistonga qaytarish Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi;

- ushbu bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmaganda, ularning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish tartibi belgilandi.

Nizomga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.

Bu boradagi faoliyat Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi, deya xabar qiladi Adliya vazirligi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech