03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6 °C

Moliya
23 Aprel  2020 2092

Pandemiyaga qarshi kurashga grantlar

Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilish choralari belgilandi.

2020-yil 22-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 4691-sonli «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori  qabul qilindi.

Qaror bilan Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning eng muhim vazifalari belgilandi.

Yo‘l xaritasidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muvofiqlashtiruvchi guruhning vazifalaridan hisoblanadi.

Qaror bilan qator vazirliklar qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech