29 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Energetika
22 Noyabr  2019 987

Yadro fizikasi instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

“Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan yadro fanlari va texnologiyalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Yadro fizikasi instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim instituti faoliyati samaradorligini ta'minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash  institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Qaror bilan Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli dastur hamda 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi.

2020-yilning 1-yanvaridan boshlab:

- Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

- Institutda ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi to‘xtatiladi va bo‘shagan byudjet mablag‘lari Institutni saqlash xarajatlarining moliyalashtirilishiga yo‘naltiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech