17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,8 °C

Xavfsizlik
21 Fevral  2019 5557

O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani “Guliston” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro A.I. mahalladoshi D.M.ning o‘g‘li Sh.R.ni Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, pulini olib aldab ketgan, deb xabar tarqatdi viloyat hokimligi telegram kanali. 

 A.I. 2018-yilning iyun, iyul oylarida 2700 AQSh dollari va 13 million 200 ming so‘m pullarini olgan. Biroq, Sh.R. o‘qishga kiritilmagan, pullar ham qaytarilmagan. Shundan so‘ng “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro D.M. 2019-yil 19-fevral kuni tuman IIBga murojaat qilgan.

     Holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech