16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Kеyingi avlod
25 Mart  2019 1225

O‘qituvchilar yoppasiga sovuqqon kayfiyatga o‘tgan(mi)?

Yoki yoshlar savodsiz bo‘lib qolayotgani uchun kim aybdor?

Ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu doirasida turli fikrlar bildirildi.

 

Feysbuk foydanuvchisi "Maktabdagi ta'limni ayblamaylik. Hammasi bolaning  o‘ziga bog‘liq.

Bolaga ozroq sharoit qilib bering, o‘zi izlanadi, topib o‘qiydi. O‘qituvchilarimiz yo‘nalish beradi tamom...

Shunga kelilar endi, o‘qituvchilarimizni ayblamasdan bolalarimiz bilan uydan boshlaylik shug‘ullanishni. Xar kuni vaqt ajratib turaylik tarbiyasiga...

Menimcha farzandimizni odob axloq, kattalarni hurmat qilish va murabbiylarga quloq solishga o‘rgata olsak eng katta yutuq bo‘lar edi. Mana shunda o‘quvchi jon qulog‘i bilan tinglaydi darsni.

Pul yig‘ishlar, obunalar xar doim bo‘lgan, bularni deb yig‘i-sig‘i qilish kerak emas.

Agar o‘quvchi xaqiqatda O‘ZIDA XARAKAT BO‘LIB, TIRIShQOQ BO‘LSA o‘qituvchi ham qo‘rqqanidan bo‘lsa ham tayyorlanib keladi darsga.

Hamma o‘z farzandi bilan shug‘ullansa, o‘qituvchilarimizga ham  sal oson bo‘lardi..." shu mulohazani o‘rtaga tashladi.

Niginaxon Nizamitdinova: Umuman qo‘shilolmiyman  gapizga...sababi - 80% (balki undan ham ortiqdir) ota onalar bolasiga ilm o‘rgatish uyoqda  tursin tug‘ri tarbiya berishni  bilishmaydi... Ularga professionallarning  yordami kerak...

70% (balki undan ko‘pdir) ota onalar o‘zi  betarbiya, buni bir hafta oldingi feysbukdagi voqyealarga o‘z  fikrini bildirganlardan tushundim... Lekin men o‘qigan  paytda o‘qituvchilarimiz bizga ishini minnat qilmagan... To‘g‘ri har  xil o‘qituvchilar  bor edi... Lekin aksariyati ishini fidoyisi edi, hozirgi kunda aksariyat maktab xodimlarining  topvogan gapi shu... "Ota-ona  tarbiya qilsin, biz ta'lim beramiz". Aslida esa na ta'limni normal bera olyapti va kamiga tarbiyasini ham buzib beryapti....

Sobitqadam Shoir: Turli bayramlarda kim qimmatbaho sovg‘a bersa shuning bolasiga munosabat yaxshi bo‘ladi. Qandaydir yig‘di-yig‘dilarda qaysidir ota-ona bu pulni qaysi qoida asosida yig‘yapmiz desa, ertasi kundan boshlab shu odamni farzandi doska oldida bosh egib qilgan-qilmagan ishi uchun dakki ham so‘kish ham eshitadi.  O‘qituvchilarni (ayniqsa sinf rahbarlarni) deyarli hammasi poraxo‘rlar...

Bek Ahmedov: Qars  ikki qo‘ldan chiqadi. Bola tarbiyasida ota-onaning ham, maktabning  ham  o‘z o‘rni bor. Ba'zi ota-onalar bolasi yaxshi baho olishi kerak, deb hisoblaydi va bu uchun hamma narsaga tayyor. Turli bahonalar bilan pul yig‘adigan ota onalarga aylanishadi. Boshqa ota-onalar bolasi haqiqiy  bilimiga baho  olishi kerak, deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqib, ota-onalar ikkiga  bo‘linadi. Har xil yo‘llar bilan maktabdan keyin o‘qishga joylaydiganlar va bolani ilmi, qobiliyatiga qarab  o‘quv  yurtiga tayyorlaydiganlar.

Zohid Sardorov: Boshqa joylar qanaqaligini bilmadimu, lekin bizda o‘qituvchilar yoppasiga  ilm berishda sovuqqon kayfiyatga o‘tgan "menga nima,  o‘lmaydimi hammasi", degan kayfiyat o‘ta hukumron. Ammo urish, so‘kish, haqorat qilishda jadallik bor.

Rahmatjon Abdug‘aniev: Hozirgi o‘quvchilar ustozlarini hurmat qilmay  qo‘yishgan. Bunga esa afsuski ko‘p hollarda ota-onalar aybdor. Biz o‘qiganimizda ustozlarni hurmat qilardik, ulardan qo‘rqardik. Kerak bo‘lsa kaltak yerdik. Lekin shularni foydasi o‘laroq jon-jahdimiz bilan o‘qirdik... Ota-onalar farzandlari qalbida ustozga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishlari lozim.

Nasiba Mamadalieva: Biz yoshligimizda o‘qituvchidan kaltak yeganimizni ota-onamizga aytishga qo‘rqardik. Ayb o‘zingda aytganini qilmagansan deb undan ham qattiqroq jazolashgan. Hozir ota-onalar o‘qituvchini aybdor qilishadi.

Dilya Akbarova: Qirqqa yaqin  o‘quvchini bir sinfga tiqib qo‘yib keyin yaxshi natija kutish bu ahmoqgarchilik... Masalan 10ta bola+1 o‘qituvchi=shunda yozuvi ham  tushunarli, o‘qishi, sanashi va h... kutilgan natijada bo‘lishi mumkin...

Fikrlar turli. Ularning orasida ota-onadan mas'uliyat talab qilayotganlar, o‘qituvchining bilimi, kasb etikasidan qoniqmayotganlar ham bor. Shuningdek, sinfdagi o‘quvchining ko‘pligidan norozi bo‘lib, mutasaddilar e'tiborini tortmoqchi bo‘layotganlari ham bor.

Muhimi, aholi o‘z taqdiri, kelajagiga befarq emas. Mutasaddilar ham bu fikrlarni e'tiborsiz qoldirmasligidan umidvormiz.

Ijtimoiy tarmoqlar aks-sadosi rukni ostida mulohazalarni berib boramiz.

Saytimizni kuzatishda davom eting.

Barno Meliqulova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech