22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Ijtimoiy hayot
27 Sentyabr  2019 715

Namanganda puli oldindan to‘langan bo‘lsada o‘qituvchilarning buyurtmasi bajarilmadi

To‘raqo‘rg‘on tumandagi 1-sonli umumta'lim maktabi ishchi xodimlari O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi To‘raqo‘rg‘on tuman ijro etuvchi apparatiga murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

Ma'lum bo‘lishicha, Namangan shahar, Navoiy ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor «Ilxomjon Madina» servis MChJga o‘qituvchilar kiyimi uchun 2019-yil may oyida 1 mln. 670 ming so‘m pul mablag‘i yig‘ib berilgan. Ammo shu kunga qadar buyurtma MChJ tomonidan yetkazib berilmagan va tadbirkor tomonidan o‘qituvchilar talabi qondirilishi o‘rniga, turli bahonalar bilan paysalga solib kelingan.

Shundan so‘ng holat yuzasidan o‘qituvchilar amaliy yordam so‘rab federatsiyaning To‘raqo‘rg‘on tuman jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan va o‘qituvchilar tomonidan yig‘ib berilgan 1 mln. 670 ming so‘m mablag‘ «Ilxomjon Madina» servis MChJdan qaytarilishiga erishilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech