16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Kеyingi avlod
3 Iyul  2019 325

Sirdaryoda Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi tashkil etildi

Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (545-son, 30.06.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida davlat muassasasi shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun innovatsion texnoparkni ham o‘z ichiga oluvchi “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi tashkil etildi.

Qaror bilan Markazning asosiy vazifalaridan etib quyidagilar belgilandi:

- zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;

- yoshlarda mustaqil tadqiqotchilik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;

- yosh tadbirkorlarga o‘z biznesini samarali yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish.

Markaz faoliyati Sirdaryo pedagogika kollejiga qarashli bo‘lgan 1 va 2-son talabalar yotoqxonasida tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech