22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Kеyingi avlod
18 Sentyabr  2019 722

O‘quvchining maktabga formada kelishini ota-ona nazorat qilishi lozim

Maktablarda o‘quvchilarni o‘rnatilgan tartibdagi kiyimda kelmaganligi uchun o‘quv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uchramoqda va bu ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Shu boiz Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Ta'kidlash lozimki, o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga qo‘yilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori, Xalq ta'limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida” gi 2013-yil 28-fevralidagi 74-buyrug‘i va “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining ichki tartib qoidalarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2012-yil 7-iyundagi 177-buyrug‘i bilan belgilangan.

O‘quvchilardan mazkur talablarni bajarish talab etiladi. Ota-onalar esa talablarning bajarilishini nazorat qilishlari lozim.

Shunindek, mazkur talablar bajarilmaganida o‘quvchilarni maktab hududiga yoki darsga kiritmaslik bo‘yicha hujjatda hyech qanday band ko‘rsatilmagan.

O‘quvchilarning maktab formasini kiyish yoki tashqi ko‘rinish tartibiga rioya qilmasligi ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish, deb baholanadi. Bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:

-ogohlantirish;

-kundalik daftariga qayd etish;

-tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta'lim muassasasidagi yig‘ilishda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan  o‘rnatilgan talablarga rioya qilish bo‘yicha joylardagi mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech