27 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,3 °C

Ta'lim
22 Yanvar  2020 613

Qoraqalpog‘iston maktablarida variativ o‘quv reja asosida tanlov sinflari tashkil etilmoqda

Qorao‘zak tumanidagi 28-umumta’lim maktabida ishchi guruh tomonidan variativ o‘quv reja bo‘yicha savolnoma o‘tkazildi. O‘quvchilar tanlovi asosida “Ijtimoiy-gumanitar” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi.

- Maktabimizda birinchilardan bo‘lib tanlov sinfi ochilgani sinfdoshlarimizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortishiga sabab bo‘ldi, - deydi 11-“A” “Ijtimoiy-gumanitar” yo‘nalishidagi tanlov sinfi o‘quvchisi Marjan Allayarova. - Oliy o‘quv yurtiga kirishimiz uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyat yaratib berilganidan mamnunmiz. Kelgusida biz yoshlarga yaratilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanamiz.

2019-yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan 2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan edi.

2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlanadi. Tajriba sinov 2019-2020 o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkaziladi, deya xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech