26 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,2 °C

Tashvishli xabar
25 Noyabr  2019 605

Orenburgda YTH uchragan mikroavtobusda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra 22-noyabr kuni Orenburg-Oqbuloq trassasida Orenburg viloyati hududida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Oqibatda hamyurtlarimizdan 4 nafari vafot etgan, 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan, deb xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech