26 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,6 °C

Xavfsizlik
23 May  2020 685

“Oʻrikzor” bozorida koronavirus aniqlandi

“Oʻrikzor” savdo majmuasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi.

Kecha“Oʻrikzor” savdo majmuasiMCHJda 789 nafar fuqarodan surtmalar olingan. Tahlil natijalariga koʻra, mazkur savdo majmuasidagi oziq-ovqat doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Ayni paytda ushbu bemor bilan muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar oʻrnatilgan tartibda qatʼiy karantin kuzatuviga olindi.

Shunga koʻra, “Oʻrikzor” savdo majmuasida epidemiologik surishtiruv ishlarini oʻtkazish hamda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida savdo majmuasi faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Bozorda epidemiologik surishtiruv ishlari yakunlanib, sanitar tozalash va zararsizlantirish tadbirlari amalga oshirilgach, majmua yana oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Koʻrinib turibdiki, ayni kunlarda aholi orasida hamon koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanmoqda. Ushbu holatlardan ayon boʻlyaptiki, yon atrofimizda koronavirusga chalinganlar yoʻqligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu esa har qanday vaziyatda ham koronavirus yuqtirib olishning ehtimoliy xavfidan hushyor boʻlishimizni, ehtiyot choralarini doimiy koʻrishimizni talab etadi.

‼️Shu sababli Sogʻliqni saqlash vazirligi xalqimizdan, yana bir bor, baʼzi joylarda berilgan erkinlikni notoʻgʻri tushunmasdan karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, yaʼni qoʻl berib yoki quchoqlashib koʻrishishdan tiyilish, jamoat joylarida toʻplanmaslik, ayniqsa, yoshlarni zaruratsiz koʻchaga chiqmasligini, qoʻllarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi qoidalarga qatʼiy amal qilishlarini, shuningdek, muborak Ramazon hayiti bayramini uyda, oila davrasida bayramona kayfiyatda nishonlashlarini soʻraydi. Bu oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun juda muhim, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech