21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Kеyingi avlod
21 Iyun  2019 928

Oromgohlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Mamlakatimizdagi yozgi bolalar oromgohlarida bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga bu yerlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shu jumladan yong‘in xavfsizligini ta'minlash muhim axamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, statsionar oromgohlar shahar, tuman markazlaridan olisroqda va tog‘lik hududlarda joylashganligi uchun ushbu joylarda xavfsizlik va yong‘in xavfsiziligini, turli holatlarda bolalarni zudlikda evakuatsiya qilish ishlari, uning mustahkam qo‘riqlanishini ta'minlash asosiy o‘rinlardan biriga aylanadi.

Shu munosabat bilan, har yili oromgohlarga Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmat xodimlari biriktirilib, ular ushbu ob'ektlarda xavfsizlik, oromgohlarga biriktirilgan ishchi xizmatchilar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etishlarini ta'minlash maqsadida tunu-kun navbatchiligi tashkil etilib kelinadi.

Bu ishlarning samarasini yanada oshirish maqsadida oromgohlarga biriktirilgan xodimlar tomonidan ko‘rgazmali targ‘ibot materillari hamda maxsus texnikalar yordamida bolalar bilan turli uchrashuvlar, tushuntirish ishlari, viktorinalar, ko‘rik tanlovlar va davra suxbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bu esa yosh avlodni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirib, ularga amal qilishida, eng muhimi oromgohlarda xavfsizlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech