06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Sport
10 Yanvar  2019 1807

Osiyo kubogi: bugun ikkinchi tur bahslari boshlanadi

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi o‘yinlari davom etadi. Kecha birinchi turning so‘ngi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 9-yanvar kungi o‘yinlarda g‘alaba qozonishi taxmin qilingan jamoalar qiyinchilik bilan bo‘lsada amalda ham ishonchni oqlashdi.

Dastlab Yaponiya va Turkmaniston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda yaponiyalik futbolchilarga turkmanistonlik hamkasblarini taslim etish ososn bo‘lmadi. O‘yin 3:2 hisobida Yaponiyaning g‘alabasi bilan tugadi.

Gollar: Arslonmurod Amonov (27, 0:1), Yuya Osako (56, 1:1), Yuya Osako (60, 2:1), Doan Ritsu (71, 3:1), Ahmet Ataev (79-pen, 3:2).

Ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston Ummonni 2:1 hisobida mag‘lub etgani haqida https://pv.uz/uz/news/ozbekiston-osiyo-kubogini-galaba-bilan-boshladi aytib o‘tgandik.

Qatar va Livan terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1-birinchi turga yakun yasadi.  Ushbu bahsda qatarliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi, ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘limda qatarliklar vaziyatni o‘z qo‘liga oldi. 65-daqiqada Bassim Al-Roviy jarima zarbasidan chiroyli gol kiritdi, 1:0. 79-daqiqada Almoaz Ali raqib posbonidan qaytgan to‘pni bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi va o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Mazkur natijadan keyin Е guruhida vaziyat quyidagicha tus oldi: 1.Saudiya Arabistoni (3); 2.Qatar (3); 3.Livan (0); 4.KXDR (0).

Bugun 2-tur o‘yinlari boshlanadi va muxlislarni qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.

        A guruhi                                                      o‘yin vaqti:

Bahrayn – Tailand                                                    16:00

BAA – Hindiston                                                       21:00

       B guruhi                                                       o‘yin vaqti: 

Iordaniya – Suriya                                                   18:30

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech