15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Sport
10 Aprel  2019 967

OChL. “Paxtakor”da durang, “Lokomotiv”da esa mag‘lubiyat

Xabar berib o‘tganimizdek, kecha Toshkentning ikki jamoasi “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” klublari Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Dastlab “Paxtakor” o‘z maydonida Qatarning “Al-Sadd” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi. “Al-Sadd” tarkibida ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi dubl qayd etgan bo‘lsa, “Paxtakor” tarkibida Hojiakbar Alijonov va Dragan Cheran gol muallifiga aylanishdi.

Gollar: Hojiakbar Alijonov (9), Dragan Cheran 41 ­– Xavi (6,16)

“Lokomotiv” esa Saudiya Arabistonida “Al-Ittihod” jamoasi mehmoni bo‘ldi. O‘yin Jidda shahridagi “Qirol Abdulla” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda “Lokomotiv” to‘la ustunlikka erishib, bir qator vaziyatlar yaratdi. Ammo futbolchilarimiz ulardan samarali foydalana olishmadi. 
Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz hujum bilan boshlashdiyu, ammo qarshi hujumda jazolanishdi. Zoteev jarima maydoncha ichida raqib hujumchisini qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Shamroniy 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.  Oradan 2 daqiqa o‘tgach himoyachimizning xatosi tufayli yana bir to‘p o‘tkazib yuborildi, 2:0.

O‘yinning 70-daqiqasida Arslonmurot Amonov chap qanotdan yetkazib bergan uzatmani Jamshid Iskandarov 11 metrli nuqta ustidan chiroyli zarba bilan golga aylantirdi. 
O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida esa yana o‘sha Amonovning uzatmasidan keyin Rayevats bosh bilan olis yuqori burchakni ishg‘ol qildi, 2:2. 
Hamma, o‘yin shunday natija bilan tugaydi, deb turgan bir paytda, ya'ni qo‘shib berilgan daqiqalarda “Loko” darvozasiga yana penalti belgilandi va 3-gol ham o‘tkazib yuborildi.

3:2 hisobidagi bu mag‘lubiyatdan so‘ng “Lokomotiv” o‘z guruhida 3-o‘ringa tushib qoldi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech